2019-yil 1-YANVAR
QIRG‘IZISTON
Yahovaning Shohidlari Qirg‘izistonning O‘sh shahrida rasmiy ro‘yxatdan o‘tishdi
2018-yili 30-dekabrda Qirg‘iziston Adliya vazirligi ushbu mamlakatning aholi soni bo‘yicha ikkinchi eng yirik shahri — O‘shda Yahova Shohidlarining ofisini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Yahova Shohidlarining faoliyati Qirg‘izistonda 1998-yili rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Biroq 2008-yili din to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirgach, mahalliy amaldorlar birin-ketin mamlakatning janubiy qismida joylashgan shaharlarni (O‘sh shahri hududi) ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortishgan. Buning oqibatida shahar hokimiyatlari imondoshlarimizning uchrashuvlarini hamda va’zgo‘ylik faoliyatini noqonuniy, deb baholagan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar imondoshlarimizning topinish uchun yig‘iladigan xususiy uy-joylariga yoki ijaraga olingan binolariga bostirib kelgan holatlar ham bo‘lgan.
Qirg‘izistonning huquqiy holati yaxshilanayotganini ko‘rib quvonmaslikning iloji yo‘q. Bunday o‘zgarishlar boshqa shaharlarda yashovchi Yahovaning Shohidlariga Allohga bemalol topinish va Muqaddas Kitobdagi xushxabarni erkin tarzda baham ko‘rish uchun zamin yaratadi degan umiddamiz. (1 Timo‘tiyga 2:1–4)