2020-YIL 27-APREL
QO‘SHMA SHTATLAR
2020-yilgi Qutlug‘ Kechlik marosimi. Qo‘shma Shtatlar
Qutlug‘ Kechlik marosimi Floridadagi ikkita qamoqxonada ko‘rsatildi
Floridaning Palm-Bich hududidagi ikkita qamoqxonada 1,100 dan ziyod kishiga Qutlug‘ Kechlik marosimining oldindan tayyorlangan yozuvi 7-aprelda quyosh botgandan keyin ko‘rsatildi. Chunki Yahovaning Shohidlari u yerga nutq aytish uchun bora olmagan.
Har hafta qamoqxonalarga borib, ixtiyoriy ravishda Muqaddas Kitob asosida ta’lim beradigan 12 ta birodarning biri shunday dedi: «Hammasi shunchalik yaxshi o‘tganidan hayronmiz. Shunisi aniqki, Tangri Yahova o‘sha kishilar Qutlug‘ Kechlik nutqini eshitishlarini xohlagan».
Birodarlarimiz qamoqxona ruhoniysidan ikkita qamoqxonada bu nutqni so‘zlashga ruxsat so‘rashgan. Lekin hukumat tomonidan COVID-19 pandemiyasi tufayli cheklovlar kiritilgani uchun, birodarlarimiz nutqni aytishga u yerga bora olishmagan. Ular bu vaziyatning yechimini topishidan avval, o‘sha ruhoniy Qutlug‘ Kechlik nutqining oldindan tayyorlangan nusxasini so‘raganda, birodarlarimiz hayron qolishibdi. U ikkita qamoqxonada ham o‘sha nutq video orqali uzatilishini tashkillashtiribdi.
Videodan tashqari birodarlarimiz o‘sha ruhoniyga Qutlug‘ Kechlik taklifnomalarini mahbuslarga tarqatishni yoki qamoqxonalarda joylashtirishni rejalashtirishgan. Qizig‘i shundaki, bu safar ham ruhoniy birodarlarimizdan oldin bunday taklifnomalarni qamoqxonalarda osib qo‘ygan ekan. 7-aprel kechki payt xohlagan har bir mahbus Qutlug‘ Kechlik nutqini tomosha qila olgan.
Marosimdan so‘ng ruhoniy birodarlarimiz bilan bog‘lanib, mahbuslar uchun ko‘proq Muqaddas Kitob yuborilishini so‘rabdi. Qamoqxonalarga yetkazilgan hamma Muqaddas Kitoblar tarqatilibdi. Biroq yetmay qolib, ko‘p mahbuslar yana Muqaddas Kitob so‘rashgan.
Hatto qamoqxonaning panjaralari ham Xudoning Kalomi odamlarga yetib borishiga to‘siq bo‘la olmayotganidan xursandmiz. (Matto 24:14)