2018-yil, 27-DEKABR
ROSSIYA
Rossiya sudi 70 yoshli Arkadiy Akopyanni aybdor deb topdi
Rossiyadagi Proxladniy tuman sudining sudyasi Oleg Golovashko 27-dekabr payshanba kuni birodar Arkadiy Akopyanning ishi bo‘yicha sud qarorini e’lon qildi. Sudning qaroriga ko‘ra, 70 yoshli oldinlari tikuvchi bo‘lgan nafaqadagi birodar Akopyan davlat uchun 120 soat ishlab berishi kerak. Sud bunday qaror chiqarganining sababini shunday tushintirmoqda, birodar Akopyan Yahovaning Shohidi bo‘lmagan kishilardan ekstremistik ruhdagi adabiyotni tarqatishni so‘ragan. Aslida, bu yolg‘on ma’lumot.
Garchi birodar Akopyanga qamoq jazosi tayinlanmagan bo‘lsa-da, sud beshafqatlarcha qaror chiqardi. Shu sababli, u yuqori sudga murojaat qilib, uning ishini qayta ko‘rib chiqishlarini so‘ramoqchi.
Yaqinlashib kelayotgan haftalarda, shuningdek, Dennis Kristensenning ishi bo‘yicha sud qarorini kutyapmiz. Rossiyada e’tiqodi sababli qamoqqa olinayotgan birodar-u opa-singillarimizni Yahova qo‘llab-quvvatlashda va dalda berishda davom etishi uchun ibodat qilamiz. ( Salonikaliklarga 2:16, 17)